22 Aprel 2022 yil 372

Oltinsoy tumanida "Ma’naviyat oyligi" doirasida, yozuvchi Tog‘ay Murod ijodiga tahsinlar o‘qildi

Ma’naviyat insonni yuksaltiradi, bilimdonlik hamda insoniylik tuyg‘ularining eng yuqori cho‘qqisiga olib chiqadi. Mamlakatimizda har bir insonning ma’naviyatini yuksaltirish uchun keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Shu kecha-kunduzda o‘tkazilayotgan "Ma’naviyat oyligi" va 2 Respublika "Kitobxonlik haftaligi" doirasidagi tadbirlar buning yorqin misolidir. Ichki ishlar organlarida ham bu borada e’tiborli ishlar olib borilmoqda.
21 aprel kuni Oltinsoy tumanidagi Tog‘ay Murod mahalla markazining ko‘rkam va chiroyli qilib bezatilgan zalida tuman ichki ishlar bo‘limi hamda tuman ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan shu kabi tadbirda, dastlab, so‘z olgan viloyat ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari, mayor Husan Nurmatov ushbu tadbirning mazmun-mohiyati haqida batafsil so‘zlab berdi. O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi a’zosi, shoir, "Janub posboni" viloyat gazetasi bosh muharriri Jumanazar Anorov kitobxonlikning ahamiyati haqida so‘z yuritib, o‘z ijodidan "O‘qisangiz juda ko‘p kitob" she’rini aytib, ishtirokchilar olqishiga sazovor bo‘ldi.
Yozuvchi Tog‘ay Murodning yoshlikda birga o‘sgan do‘sti Umbar Jalilov sevimli adibimizning hayot yo‘li va ijodiy faoliyati bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi. Iste’dodli shoira Zulfiya Mengtosheva o‘z she’rlaridan o‘qib berib, barchani xushnud etdi. O‘quvchi yoshlar tomonidan she’riy kompozitsiya ijro etildi. Ushbu tadbir barchada yaxshi taassurot qoldirdi.
Text to speech