31 May 2024 yil 495

Oltinsoy tumanida Ichki ishlar organlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 fevral kunidagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yilida” amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining hamda Surxondaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining tegishli farmoyishlari ijrosini ta’minlash maqsadida Oltinsoy tumanida otaliqqa olingan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishga qaratilgan “Xavfsiz hayot uchun birlashaylik!” shiori ostidagi “Zakovat” intellektual o‘yinlariga start berildi.

“Zakovat” intellektual o‘yinida Oltinsoy tumanining 3-sektor hududida istiqomat qiluvchi bilimdon yoshlardan tashkil topgan jamoalar Oltinsoy tumanidagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi binosida, o‘z bilim va salohiyatlari bilan bahs olib borishdi.

Yuqori saviyada o‘tkazilgan o‘yin natijalariga ko‘ra, 1 o‘rinni “Bilimdonlar” jamoasi, 2 o‘rinni “Kitobxonlar” jamoasi hamda 3 o‘rinni “Kamalak” jamoalari egallab, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Text to speech