8 Oktyabr 2022 yil 484

Oltinsoy tumanida firibgarlik qilgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Oltinsoy tumanida 2022 yil 3 oktabr  kuni, tuman IIB huzuridagi Tergov guruhidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yilning may va iyul oylarida, tumanning “Jindibuloq” mahallasida yashovchi, I.Davron (ism shariflar o‘zgartirilgan) mahalladoshlari, N.Toshpo‘lat, T.Ilyos, M.Sarvinoz, D.Tolib, J.Ishmurod, tumanning “A.Bo‘taev” mahallasida yashovchi, F.Fazliddin, tumaning “Bibizaynab” mahallasida yashovchilar, A.Asaloy, D.Doston, tumanning “Oqarbuloq” mahallasida yashovchi, Sh.Shukrullo va Sho‘rchi tumani “Ibn-Sino” mahallasida yashovchi, B.Botirlarning ishonchiga kirib, ularga “bug‘doy,  somon press olib beraman”- deb, jami 61.700.000 (oltmish bir million yetti yuz ming) so‘m pullarini olib ketganligi aniqlangan. 3 oktabr kuni I.Davronga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech