Oltinsoy tumani hududida voyaga etmagan qizlar huquq va manfaatlarini himoya qilish, oilaviy zo‘ravonlikning oldini olish borasida manzilli ishlar olib borilmoqda.
Kuni kecha Oltisoy tumani Ixtisoslashtirilgan maktabida tuman hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlg‘i M.Xidirova, tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori katta leytnant Z.Qo‘zimurodova, tuman hokimligi bosh mutaxassisi A.Ortiqov, Inson-ijtimoiy himoya markazi mutaxassisi M. Panjievalar ishtirokida yuqori sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tashkil etilgan uchrashuvda, jamiyatga
salbiy ta’sir etuvchi xatti-harakatlarning oqibatlari tushuntirilib, voyaga etmagan
qizlar muammoli vaziyatlarga duch kelganlarida,
qonunbuzarliklar va ularning sabablarini bartaraf etishda qanday yo‘l tutish kerakligi
yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida
erta nikoh va erta nikohning salbiy oqibatlari, zo‘ravonlik va turlari, maktabda
yurish turish qoidalari haqida ham targ‘ibot va tashviqotlar olib borildi.
Uchrashuvda, o‘quvchi qizlar,
ayollar o‘rtasida huquqbuzarlik, zo‘ravonlik, jinoyatchilik kabi salbiy illatlarga birgalikda qarshi kurashish,
bu illatlarga barham berish, ularni barvaqt aniqlash va oldini olish yuzasidan fikr-mulohazalar
bildirilib, bu borada ishtirokchilarning takliflari eshitildi.
Uchrashuv so‘ngida, o‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida mazkur maktabda tashkil etilgan sport va kasb-hunarga o‘rgatish to‘garaklari faoliyati bilan tanishildi.