24 Avgust 2022 yil 370

Oltinsoy tumani oziq-ovqat bozorida reyd tadbiri o‘tkazildi

Oltinsoy tumani “Chorshanbi bozori” hududida Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizlik xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmasi hamda Oltinsoy tuman veternariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan reyd tadbiri davomida, Denov tumanida yashovchi fuqora A.B. go‘sht mahsulotlarini veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilmay sotayotganligi sababli unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 109- moddasiga asosan sodir etgan huquqbuzarligi uchun bayonnoma rasmiylashtirildi.

Bundan tashqari, bozor hududida savdo-sotiq bilan shug‘ullanib kelayotgan savdo xodimlari hamda fuqarolar o‘rtasida sanitariya qoidalariga rioya qilishlari yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Text to speech