14 Avgust 2024 yil 249

Oltinsoy tumani IIBda “Saylov huquqi: inson qadriga yuksak e’tibor” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i tomonidan 2024 yil 10 avgust kuni tasdiqlangan farmoyishga asosan, joriy yilning 13 avgust kuni Shimoliy mintaqaviy hudud Oltinsoy tumani IIB shaxsiy tarkibi bilan saylov tizimining o‘ziga xos xususiyatlari va siyosiy partiyalar to‘g‘risida o‘quv yig‘ini tashkil etildi.

O‘tkazilgan o‘quv yig‘inida, Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘ining yordamchisi podpolkovnik F.Qlichev, Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi huquqiy axborot bo‘limi bo‘yicha bosh maslahatchisi B.Avazovlar ishtirok etishdi.

Mazkur o‘quv yig‘inida Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi huquqiy axborot sho‘basi bosh maslahatchi Avazov Bunyodning O‘zbekiston Respublikasi saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlar haqidagi ma’ruzasi tinglanib, tashkil etilgan o‘quv mashg‘uloti xodimlarning yangi saylov tizimining o‘ziga xos xususiyatlari va siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi bilim va malakasini oshirishga qaratildi.

O‘quv yig‘ini yakunida, Ichki ishlar organlari xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar olishdi.

Text to speech