28 Yanvar 2025 yil 947

Oltinsoy tumani IIBda Prezident qarori bilan belgilab berilgan vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

2025 yilning 28 yanvar kuni Oltinsoy tumani Ichki ishlar bo‘limi binosida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3 yanvar kunidagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-sonli Qarori mazmun mohiyatini yetkazish va uning ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda, Oltinsoy tumani IIB boshlig‘i polkovnik Ilxom Yusupov, tuman IIB faxriylar kengashi raisi iste’fodagi polkovnik Juma Sodiqov, tuman IIB shaxsiy tarkibi hamda faxriylar kengashi a’zolari ishtirok etishdi.

Tuman IIB boshlig‘i kun tartibidagi masalani tanishtirib, tuman hududida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan qizil toifa sirasiga kiritilgan har bir mahallalarga biriktirilgan mas’ullarga jinoyatchilikni jilovlash, mahalla yettiligi a’zolari faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, jinoyat o‘sishiga sharoit yaratib berayotgan omillarni chuqur tahlil qilish, bu boradagi ishlarni samarali olib borish, axborot texnologiyalari sohasida sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni barvaqt oldini olish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan qaror asosida belgilab berilgan vazifalarni har-bir hududga biriktirilgan mas’ullar vijdonan bajarishlari, tuman, viloyat hamda  Respublika rahbariyati huzurida har oy, har chorak va har olti oy yakunlarida o‘tkaziladigan muhokama yig‘ilishlarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berib borish, bu borada sustkashlikka yo‘l qo‘ygan rahbar va mas’ullar lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan jazo choralari qo‘llanilishi haqida ogohlantirilib o‘tildi.

Yig‘ilishda so‘z olgan faxriylar kengashi raisi tuman hududida sodir etilishi mumkin bo‘lgan har qanday ko‘ngilsiz hodisalarga qarshi tuman faxriylar kengashi a’zolari bilan birgalikda hamfikr bo‘lib hamkorlikda ishlarni tashkil etish zarurligi uqtirilib, “ustoz shogird” an’analariga amal qilgan holda o‘zining boy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Text to speech