4 Avgust 2023 yil 169

Oltinsoy tumani IIBda ovchilar o‘rtasida o‘quv seminar tashkil etilib, profilaktik tushuntirishlar olib borildi

Joriy yilning 4 avgust kuni viloyat IIB Shimoliy mintaqaviy hudud Mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi Nazorat litsenziyalash faoliyati guruhi va Oltinsoy tumani IIB rahbariyati ishtirokida Oltinsoy tumani IIBda ro‘yxatda turgan ov quroliga ega bo‘lgan Ovchilar bilan o‘quv seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘quv seminar mashg‘uloti davomida O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2022 yil 31 maydagi O‘RQ-772-son Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning o‘q-dorilari muomalasi sohasida ruxsat etish xususiyatiga ega bo‘lgan hujjatlarni berish, ularga egalik qilishning talablari va shartlari tushuntirildi.

Shuningdek, Ichki ishlar organlari tomonidan o‘qotar qurol egalari o‘rtasida shaxsiy o‘qotar qurolni o‘rnatilgan tartibda saqlash va undan xavfsiz foydalanish tartibotlarini targ‘ib qilish, ushbu qoidalarga to‘la-to‘kis amal qilishini bo‘yicha muntazam ravishda tilxatlar olinishi yo‘lga qo‘yilganligiga qaramasdan, qurol egalari tomonidan ov qurolini saqlash qoidalariga amal qilmasligi, belgilangan joylarda saqlanmasligi oqibatida o‘lim bilan bog‘liq favqulodda xodisalarning sodir etilishi davom etayotganligi bo‘yicha ovchilarga tushuntirib o‘tildi.

Text to speech