26 Yanvar 2023 yil 347

Oltinsoy tumani IIBda yil yakuni tanqidiy muhokama qilindi.

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik I.Ketmonov huzurida Oltinsoy tumani IIB shaxsiy tarkibi tomonidan o‘tgan 2022 yilning 12 oyi  davomida tuman hududida jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olish,  terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashish, jamoat tartibi, fuqarolar huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, yo‘l harakati hamda ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ish natijalari, yo‘l qo‘yilgan xato kamchiliklar hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan muhokama qilindi.

O‘tkazilgan mazkur yig‘ilish tanqidiy ruhda bo‘lib, xizmat davomida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlar intizomiy jazoga tortish choralari ko‘rildi.

Yig‘ilish davomida, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Iqboliddin Ketmonov tomonidan shaxsiy tarkib e’tiboriga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2023-yil 20-yanvar kunidagi 10-sonli qarori mazmun mohiyati tushuntirilib, ushbu qaror asosida qabul qilingan Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi talablariga har bir ichki ishlar organlari xodimlari amal qilishi, fuqarolar bilan ishlashda ushbu kodeks qoidalariga so‘zsiz amal qilish lozimligi bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech