8 Dekabr 2022 yil 342

Oltinsoy tumani IIBda ham Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Kuni kecha Oltinsoy tumani Ichki ishlar bo‘limining majlislar zalida 8 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Ushbu bayram tadbirida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik I.Ketmonov, tuman IIB boshlig‘i podpolkovnik Q.Qosimov hamda tuman IIBning shaxsiy tarkibi ishtirok etishdi.

Tashkil etilgan bayram tadbiri davomida, tuman hududida jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurashish hamda fuqarolar xafsizligini taminlash borasida yuqori natijalarga erishib, kasbdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh ichki ishlar organlari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan ta’sis etilgan «O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi» esdalik ko‘krak nishoni, faxriy yorliq, maxsus unvon va pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Text to speech