15 Fevral 2022 yil 260

"Olamga ziyo sochgan ulug' ajdodim"

Surxondaryo viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasida so'z mulkining sultoni, ulug'mutafakkir Mir Alisher Navoiy tavalludining 581-yilligi hamda shoh va dilbar shoir, muarrix, musiqashunos Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligi munosabati bilan "olamga ziyo sochgan ulug' ajdodim" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirni transportda XTB boshlig'ining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari kapitan D.A.Allanazarov ochib berdi. Tadbirga taklif etilgan mehmon ijodkor shoira, xalq deputatlari Termiz tuman kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Komila Abdullaeva so'zga chiqib, buyuk bobokalonlarimiz Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti, boy madaniy merosi va ularning bugungi kundagi qadr-qimmati xususida atroflicha fikr yuritdi. Bu ikki buyuk siymoning asarlari dunyo xalqlarining bebaho ma'naviy merosiga aylanganini alohida qayd etdi. Alisher Navoiy va Bobur g'azallaridan, shuningdek, o'zining qalamiga mansub she'rlardan namunalar o'qidi. Shu bilan bir qatorda, Termiz tumanidagi 1-sonli maktabning 7-sinf o'quvchisi Olimova Marjona so'zga chiqib, o'zi yod olgan ushbu ikki buyuk siymoning Vatanni madh etuvchi she'riy asarlarini aytib berdi. Tadbir so'ngida Surxondaryo viloyati IIB ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash xizmati rahbariyati tomonidan faol ishtirokchilarga faxriy yorliq, esdalik sovg'alari hamda badiiy adabiyotlar taqdim qilindi.

Text to speech