22 Mart 2024 yil 361

“Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-martdagi PQ-113-sonli topshirig‘i ijrosini taminlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Surxondaryo akademik litseyida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” shiori ostida yangilanish, mehr-muruvvat, tinchlik va ezgulik ramzi bo‘lmish - Navro‘z bayrami oʻtkazildi.

Borliqning uyg‘onishi, yosharish bayrami sifatida ming yillar mobaynida nishonlanib kelayotgan, inson va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlik, ona zaminga bo‘lgan mehr, e’tiborni aks ettiruvchi Navro‘z bayram sayli ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

O‘quvchilarning milliy an’analarimizni o‘zida aks ettiruvchi badiiy chiqishlari, bahoriy kuy-qo‘shiqlari,  raqs, milliy o‘yinlar hamda turli sahna ko‘rinishlari barchaga ko‘tarinki  bayram kayfiyatini baxshida etdi.

Text to speech