1 Mart 2025 yil 981

Shoira Zulfiya Isroilova tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Hamon e’tiqodim-haqiqat, haqdir,

So‘zlayman, yuzimni tutib Ka’baga,

Yemira olmaydi o‘tkinchi taqdir,

Osuda o‘tadi ruhim abadga.

                                                   Zulfiya

 Joriy yilning 1 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyida  shoira Zulfiya Isroilova tavalludining 110 yilligi munosabati bilan "Bahor keldi, seni so‘roqlab..." mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbati davomida litsey o‘quvchilari tomonidan aytilgan shoiraning bahor va muhabbat ruhini tarannum etuvchi she’rlari barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Davra suhbati yakunida Zulfiyaxonim hayoti va ijodiga bag‘ishlangan badiiy film namoyish etildi.

Mazkur davra suhbati yoshlarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish, Zulfiya merosini keng targ‘ib etish hamda o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon etishiga xizmat qildi.

Text to speech