24 Iyun 2020 yil 754

Oilangni muqaddas bilib, kasbingga sodiq bo'l!

2020 yilning 22 iyun kuni Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i polkovnik A.S.Ismoilov hamda O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi mas'ul xodimlari tomonidan Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi hamda quyi tizimlari xodimlari shuningdek, Muzrabot va Angor tumani ichki ishlar bo'limi xodimlari, ularning ota onalari, oila a'zolari o'rtasida yig'ilish o'tkazildi.
O'tkazilgan mazkur yig'ilishda ichki ishlar organlarida xizmat intizomi va Qonunchilik talablariga qat'iy rioya etish, xodimlar bilan bog'liq salbiy holatlarning oldini olish masalasi muhokama qilindi.
Yig'ilishda so'zga chiqqan boshqarma boshlig'i A.S.Ismoilov, ichki ishlar organlarida tub islohotlar amalga oshirilib, bunda sohani xalq manfaatlariga o'z vaqtida va sifatli yordam ko'rsatadigan, har bir xodim ichki ishlar organlari xizmatiga kirish oldidan qilgan qasamyodiga sodiq qolgan holda Vatan tinchligi va xalq osoyishtaligini ta'minlash yo'lida sadoqat bilan xizmat qilishi zarurligi bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri ekanligini ta'kidladi. Shuningdek, xodimlar tomonidan yo'l qo'yib kelinayotgan tizimli kamchiliklar, xususan xizmat intizomiga rioya etmaslik, o'ziga yuklatilgan vazifalarga mas'uliyatsizlik bilan munosabatda bo'lish, xizmat vaqtida shaxsiy yumushlar bilan shug'ullanish, eng achinarlisi, turli ko'rinishdagi tamagirlik, zo'ravonlik va boshqa jinoyatlar sodir etilayotganligini qattiq tanqid ostiga olib, endilikda qonunni buzgan xodimga hech qanday kechirim bo'lmasligini aytib o'tdi.
Shuningdek, har bir ichki ishlar organi xodimlarining oila a'zolari bilan suhbat o'tkazilib, ularning muammolarini o'rganildi.
Yig'ilishda, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi va uning eng quyi tizimlarida xizmat olib boruvchi barcha xodimlarga ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlar birma-bir tushuntirib o'tildi.
Yig'ilish davomida, hamkasbdoshlariga o'rnak bo'lib, ijobiy natijalarga erishib kelayotgan bir guruh xodimlarga ichki boshqarmasi boshlig'ining faxriy yorlig'i va ularning ota-onalariga tashakkurnomasi hamda qimmatbaho esdalik sovg'alari topshirildi
Yig'ilish yakunida xodimlar bilan olib borilayotgan tarbiyaviy-profilaktik ishlar samaradorligini oshirish borasida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Oilangni muqaddas bilsang, xizmatingga sodiq bo'l! Ha! Oila - bu kichik qo'rg'on, kichik Vatan, Vatan esa - oiladan boshlanadi. Shunday ekan katta va kichik Vatanni asrab avaylash, uni ko'z qorachig'idek asrash, o'z kasbimizga sodiqlik bilan sadoqat bilan yondashishni taqozo etadi.
Shunday ekan, kasbingizning qadrini hozirdan anglang va har xil to'fonli qora dog'li kunlardan asrang!
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech