7 Iyul 2025 yil 417

“Oila va jamoa bilan sayohatga chiqish kuni” munosabati bilan Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari va ularning oila a’zolari uchun sayohat tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 15 may kunidagi “2025-2026-yillarda sayyohlar oqimini keskin ko‘paytirish va turistik xizmatlar ko‘lamini jadal kengaytirish orqali turizmning iqtisodiyotda bo‘lgan o‘rni va ahamiyatini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni hamda ichki ishlar vazirligining 2025 yil 4 iyundagi tegishli ko‘rsatmasiga asosan, 2025 yil iyun oyidan boshlab “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” bosh g‘oyasi asosida ichki turizmni rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun har oyning ikkinchi haftasining shanba va yakshanba kunlari “Oila va jamoa bilan sayohatga chiqish kuni” etib belgilangan.

Shu munosabat bilan ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash va  xodimlarning oilaviy dam olishlarini tashkil etish orqali oilaviy turizmni rivojlantirish maqsadida, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari va ularning oila a’zolari uchun ichki turizm loyihasi doirasida, Termiz tumanida joylashgan “Al-Hakim at-Termiziy”, “Sulton Saodat” tarixiy obidalariga va “Termiz tarix va madaniyat muzeyi”ga sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida viloyat Havfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari va soha mutaxassislari tomonidan xodimlarga tarixiy obidalar hamda muzeyda mavjud eksponatlar to‘g‘risida malumotlar berildi.

Albatta bu kabi ichki turizm doirasida sayohatlarni muntazam ravishda tashkillashtirib borish, oilaviy turizmni rivojlantirish bilan birga oiladagi barqarorlikni, hamjihatlikni, inoqlikni mustahkamlashga qolaversa tizimda xizmat olib borayotgan xodimlarga ma’naviy ozuqa berish, ularda vatanga muhabbat, ajdodlarga, tariximizga bo‘lgan faxr tuyg‘ularini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Text to speech