Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun" loyihasi davom etmoqda
Bugun Boysun tumani hokimligi majlislar zalida Oila va xotin-qizlar bo‘limi va hamkor tashkilotlar ishtirokida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan e’lon qilingan 25 noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuniga bag‘ishlangan “Zo‘ravonliksiz oila-farovon hayot sari" mavzusida “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” turkumi mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida “Oilaviy zo‘ravonlikni oldini olishga har birimiz mas’ulmiz”, Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarning sog‘ligini muhofaza qilishga yo‘naltirilgan tibbiy tadbirlar, mahallalarda, ta’lim muassasalarida, korxona va tashkilotlar mehnat jamoalarida “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng xuquq va imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi xamda “Xotin-qizlarni tayiq va zo‘ravonlikdan ximoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlarni, “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiyaning mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berib o‘tildi.