24 Avgust 2022 yil 439

Oila muqaddas dargoh-uni asrash muhim masala

Boysun tuman Oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari S.Jo‘raqulova, tuman adliya boshlig‘i N.Mamadiev, tuman IIB JXX HPB VEBIG VEMB inspektor-psixolog A.Soatov, tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazining mutaxassisi va mahalla faollari hamda fuqarolar bilan tumanda tazyiq va zo‘ravonlikka uchrayotgan xotin-qizlarni barvaqt  aniqlash orqali ular bilan profilaktik suhbatlar  o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yig‘ilishda, tazyiq va zo‘ravonlikka uchrayotgan xotin-qizlarni himoya qilish yuzasidan mutaxassislar tomonidan tushunchalar berilib, hozirgi kunda tumanda  "Janjalkash" oilalar, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar, profilaktik hisobda turuvchi oilalar tomonidan o‘zaro kelishmovchilik va huquqbuzarliklar sodir etilayotganligi sababli har doim profilaktika inspektori bilan mahalla faoli hamkorlikda ish olib borishligi hamda oilalarda er-xotin o‘rtasida  qo‘ni-qo‘shni o‘rtasida bo‘layotgan o‘zaro kelishmovchiliklarni fuqarolarning yashash xonadoniga borib o‘rganish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Text to speech