27 May 2023 yil 739

"Oila muqaddas dargoh, uni asrash avaylash hammani burchi"

Inson hayoti davomida eng yaqini va eng qadrlaydigani bu oila. Oila bu jamiyatning eng kichik bo‘lagi va uning asosi hisoblanadi. Bizning milliy mentalitetimizda oila muqaddasligi, uni asrash kerakligi qon-qonimizga singib ketgan.

Joriy yilning 26 may kuni Sherobod tumani Madaniyat va turizm bo‘limida Oila va xotin-qizlar tuman bo‘limi, tuman Adliya bo‘limi, tuman Ichki ishlar bo‘limi, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sherobod tumanlararo sudi, Sherobod tumanlararo iqtisodiy sudi, Sherobod jome’ masjidi hamda mahallalardagi xotin-qizlar faollari bilan hamkorlikda tumandagi ajrim yoqasidagi 72 ta nizoli oilalarning muammosini o‘rganish, ular bilan suhbatlashib, yarashish uchun imkon berish maqsadida “Ajrim yechim emas” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Shundan so‘ng har bir oila bilan alohida suhbat o‘tkazilib, ularning muammolari o‘rganildi. Eng achinarlisi, o‘rtada norasida go‘daklar bo‘la turib, oilani buzishga arzimaydigan sabablar bilan ham ajrashmoqchi bo‘lgan juftliklarning borligidir. Suhbatlar davomida 14 ta oila yarashtirildi hamda vakillariga tushuntirishlar, oilani saqlab qolish, oilaviy muammolarning yechimi borasida taklif va tavsiyalar berildi.

Text to speech