13 Fevral 2023 yil
516
Oila - muqaddas dargoh
Termiz Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi xotin-kizlar maslahat Kengashi tomonidan "Oila - muqaddas dargoh" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 19 yanvardagi "Ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘linmalari huzuridagi "To‘maris izdoshlari" jamoaviy guruhlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori mazmun-mohiyati talaba-qizlarga tushuntirildi. Davra suhbatida Surxondaryo viloyati IIB JXX XQMB katta inspektori mayor M.B.Kurbonova va Termiz shahar IIB JXX HPB XQMB katta inspektori kapitan S.E.Allanazarovalar talaba-qizlarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati