Oila insonga baxt keltiruvchi va avlodlar davomiyligini ta’minlovchi makon, jamiyat butunligi va ahilligini kafolatlovchi qo‘rg‘ondir.
Surxondaryo viloyati hokimligi va viloyat Ichki ishlar
boshqarmasining qo‘shma qarori ijrosi hamda Qiziriq tumanida "Turmush"
va "Nizolashayotgan oilalarning muammolarini bartaraf etish" profilaktik
tadbirlari asosida tumandagi xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning
oldini olish, oilalarda ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, nizoli, ajrim yoqasiga
kelib qolgan, shariy nikohda yashayotgan oilalar bilan manzilli profilaktik ishlarni
amalga oshirish maqsadida, Qiziriq tuman hokimi A.Oripov, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlis Senati a’zosi B.Bo‘taeva, tuman prokrori J.Raximov, tuman IIB boshlig‘i
Sh.Allamurodov, tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i I.Abdullaev, Oila va xotin-qizlar
bo‘limi hamda tumandan biriktirilgan tashkilot rahbarlari hamkorligida tuman hududidagi
nizoli, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan oiladagi notinchlik, ajrimlar
va jinoyatchilikni oldini olish maqsadida suhbatlar olib borildi.