Oila-fuqarolik jamiyatning tayanchi
Mamlakatimizda oila farovonligi, uning mustahkam va sog‘lom bo‘lishini ta’minlash, azaliy qadriyatlarni keng targ‘ib etish maqsadida ko‘plab amaliy ishlar qilinmoqda. Shu o‘rinda, Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida ham harbiy xizmatchilar oilalarida ijtimoiy muhitni yaxshilash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, bir so‘z bilan aytganda oila farovonligini ta’minlashga alohida e’tibor berilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yildagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon ijrosini ta’minlash, harbiy xizmatchilar oila a’zolari ongida tariximiz, milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizga chuqur hurmat tuyg‘usini yuksaltirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat ruhini qaror toptirish maqsadida bir qator tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Jumladan, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Surxondaryo viloyati mintaqaviy bo‘linmasi va viloyat hokimligi, oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida Davlatimiz rahbarining 2018 yil 14 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiylari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi”gi qarori asosida "Oila-fuqarolik jamiyatining tayanchi” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3234-sonli qarori va Mudofaa vaziri tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarining 2022 yil 22 may kunidagi 14/1479-sonli talabnomasi ijrosini ta’minlash maqsadida, Joriy yilning 20 iyul kuni jamoatchilik kengashi a’zolari ishtirokida Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faollar zalida "Oila sog‘lom ekan, jamiyat mustahkam, mamlakat barqarordir" mavzusida davra suhbati tashkillashtirildi.
Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad, vatan tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning oilalari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, oila madaniyati va odobini shakllantirish, oilaviy ajrimlarning oldini olish va farzandlar tarbiyasida ota-onaning o‘rnini mustahkamlash, oilalarning ibratli jihatlarini yuzaga chiqarish, ushbu dargohda kamol topayotgan farzandlar tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, san’atga va madaniy ishlarga havas uyg‘otish hamda, harbiy xizmatchilar oilalari bilan olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Tadbirda Janubiy operativ qo‘mondonligi, Surxondaryo viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi, Temiz harbiy prokuratura, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi Surxondaryo viloyat mintaqaviy bo‘va jamoatchilik kengash a’zolari Viloyat hokimi o‘rinbosari Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i, Termiz Davlat universiteti psixolog o‘qituvchisi, Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i, Termiz shahar Adliya bo‘limi boshlig‘i, Termiz shahar ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, O‘zbekiston musulmonlar idorasining Surxondaryo viloyati xotin-qizlar masalalar bo‘yicha bo‘limi va O‘zbekison Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi, “Sobir At-Termeziy” nomidagi Surxondaryo viloyat markaziy kutubxona xodimlari hamda Termiz shahrida joylashgan 11506 harbiy qism harbiy xizmatchilari va ularning oilalari ishtirok etdi.