16 Sentyabr 2022 yil
361
"Oqila ayollar" harakatining Surxondaryo viloyati a’zolari bilan uchrashuv
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Ozoda Abdukadirovna Parpibaeva Termiz davlat universitetining Axborot texnologiyalari fakultetining yangi binosi bilan tanishdi va o‘sha yerda viloyat "Oqila ayollar" harakati a’zolari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda viloyat hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Z.Abdurashidovna, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi Baxtigul Abrahmatovna, 40 nafar harakat a’zolari, targ‘ibotchi ayollar va keng jamoatchilik ishtirok etdi.