O'g'rining yuzi shuvut bo'ldi
Denov tumanida 2021 yilning 17 fevral kuni, tumanning "O'rtaqishloq" mahallasida yashovchi, N.S. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 16 fevral kuni tumanning "Yoshlik" mahallasida joylashgan ko'p qavatli uylar oldida turgan 25.400.000 (yigirma besh million to'rt yuz ming) so'mlik 25,4 metr trubasini tumanning "Muqumiy" mahallasida yashovchi, Ch.E. o'g'irlab ketganligini bildirgan. 13 mart kuni Ch.E.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
O'zganing mulkini o'g'rilik qilib o'zlashtirib olib o'zining ehtiyojlari uchun ishlatmoqchi bo'lgan Ch.E. o'z qilgan qing'ir ishining "mevasini totgan" holda qonun oldida javob beradigan bo'ldi. Mahalladoshlari oldida yuzi erga qarab shuvut bo'ldi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati