24 Iyun 2021 yil 474

O'g'rilikni kasb qilganlar qo'lga olindi

Oltinsoy tumanida 2021 yil 16 may kuni, tumanning "Qumpaykal" mahallasida yashovchi, X.Zafar tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 15 may kunidan 16 may kuniga o'tar kechasi, noma'lum shaxslar yashash uyi oldidagi dalada bog'lanib turgan jami 14.000.000 (o'n to'rt million) so'mlik 2 bosh qora mollarini o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan tezkor choralar natijasida, ushbu o'g'irlikni tumanning "Qumpaykal" mahallasida yashovchi, S.Umida, Denov tumani "Bog'ieram" mahallasida yashovchi, T.Gulnora va Boysun tumani "Xo'jabulg'on" mahallasida yashovchi, B.Doniyorlar sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ulardan ashyoviy dalillar olingan. 26 may kuni S.Umida, T.Gulnora va B.Doniyorlarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech