O'g'rilik qilgan ayol ashyolar bilan qo'lga olindi
Termiz tumanida 2021 yilning 4 mart kuni tumanning "Uchqizil" mahallasida yashovchi, I.L. ismli ayol tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 3 mart kuni noma'lum shaxs yashash uyidan 1 dona narxi 1.300.000 (bir million uch yuz ming) so'mlik "Samsung A30" rusumli qo'l telefoni, 1 dona narxi 1.800.000 (bir million sakkiz yuz ming) so'mlik "Prestigio" rusumli noutbuk, narxi 80.000 (sakson ming) so'mlik 1 dona ayollar kurtkasi, 1 dona ayollar soch qistirgichi, narxi 150.000 (bir yuz ellik ming) so'mlik 3 dona ayollar jinsi shimi va narxi 105.000 (bir yuz besh ming) so'mlik 3 dona ayollar oyoq kiyimlarini o'g'irlab ketganligini ma'lum qiladi. Ichki ishlar xodimlari tomonidan ko'rilgan tezkor choralar tadbirlar natijasida ushbu o'g'rilik jinoyatini, Termiz shahar "chegara" mahallasida yashovchi, B.M. ismli qiz sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. 11 mart kuni B.M. ismli qizga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
O'g'rilik va boshqa jinoyatlarga qo'l urgan B.M. ismli qizlar Kaba o'zida mujassam bo'lishi lozim bo'lgan, or-nomus, ibo - hayo, halollik va poklik, nazokat va nafosat va boshqa ko'plab, xotin-qizlarimizga mos bo'lgan ifodalarni o'zidan yiroq tutgan, qalbini qo'tir bosgan shaxslar toifasida qachongacha namoyon bo'ladi. Jinoyatga qo'l urmoqchi bo'lgan qizlarimiz va ayollarimiz o'zlaringizni bu jirkanch yo'ldan qaytaring! Axir siz bir oilaning bekasi, kimningdir qizi, opasi, singlisi, ayoli, onasi bo'lishingiz mumkin! Sizlarga yarashmaydi-ku!
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati