8 Oktyabr 2022 yil
328
O‘g‘rilik jinoyatini sodir etishda gumonlangan qidiruvdagi shaxs qo‘lga olindi
Angor tumanida 2020 yilning iyun oyida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi tomonidan qidiruvda bo‘lgan, ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan, tumanning “Navro‘z” mahallasida yashovchi, N.Shoberdi (ism shariflar o‘zgartirilgan) 2022 yil 1 oktabr kuni tuman IIB Probatsiya guruhi inspektori tomonidan Termiz shahar hududida aniqlanib, ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati