O'g'rilar qo'lga olindi
Termiz tumanida 2020 yilning 29 iyun kuni, Termiz shaharida yashovchi M.B. tuman ichki ishlar bo'limiga ariza bilan murojaat qilib, unda 21 iyun kuni ma'suliyati cheklangan jamiyatga qarashli, tumanning "Qaxramon" mahallasi hududida joylashgan "namuna 100 ga issiqlik kompleksi" hududidagi issiqxonalarning biridan 13 dona jami 18.850.000 (o'n sakkiz million sakkiz yuz ellik ming) so'mlik "MЅ-05001" rusumli isitish radiatorlarini noma'lum shaxslar o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan tezkor choralar natijasida ushbu jinoyatni MCHJ ishchilari, Termiz tumanida yashovchilar Z.R., A.A., T.J. va Sh.E.lar sodir etishganligi aniklanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. Joriy yilning 1 iyul kuni Z.R., A.A., T.J. va Sh.E.larga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati