O'g'rilangan mashina egasiga qaytarildi
Denov tumanida, 2020 yilning 9 iyul kuni soat 15:00 da Denov shahrida yashovchi R.B. Denov tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, unda Denov shahar "quyoshli yurt" mahallasida yashovchi S.A.ning nomida bo'lgan "Vaz 2106" rusumli jigarrang avtomashinasini ishonchnoma orqali qo'shnisi J.M.dan sotib olganligini, 2020 yilning 8 iyul kuni kech soat 23:30larda ushbu avtomashinani yashash xonadonining oldiga qo'yganligini tongi vaqt soat taxminan 04:00lar chamasida yashash xonadonining oldida turgan avtomashinasini o'g'irlab ketganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan, Denov tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo'limi tomonidan noma'lum shaxslarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida mazkur transport vositasi Jarqo'rg'on tumani "Yoshlik" mahallasi hududidan o'tuvchi 4R 100 avtomobil yo'lining 6 kilometrida qarovsiz holda topilgan.
Jinoyatni fosh etish maqsadida olib borilgan surushtiruv ishlari davom ettirilganida, ushbu jinoyatni Denov shahar "sanoatchilik" mahallasida yashovchi, muqaddam O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan sudlangan, N.N. sodir etganligi aniqlanib, undan tegishli daliliy ashyolar olingan.
Mazkur o'g'rilik jinoyatini sodir etgan N.N. ismli shaxs ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati