O'g'ridan ashyoviy dalil olindi
Sherobod tumanida 2021 yil 18 aprel kuni tumanning "Majnuntol" mahallasida yashovchi, M.Akram tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda, 2021 yil aprel oyi boshlarida, tumanning "Mehrobod" mahallasi hududida joylashgan yashash uyiga noma'lum shaxs Akfa eshik romini buzish yo'li bilan kirib, uyida turgan bir dona 1.000.000 (bir million) so'm bo'lgan xo'jalik aravasini o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan tezkor choralar natijasida, ushbu o'g'irlikni shu tumanda yashovchi, Sh.Sobir sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. Arava o'g'risi Sh.Sobirga nisbatan 26 aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati