27 Aprel 2021 yil
491
O'g'ri uyda hech kim yo'qligidan foydalandi
Muzrabot tumanida 2021 yilning 30 mart kuni, tumanning "Obi-hayot" mahallasida yashovchi, D.J. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 8 mart kunidan 9 mart kuniga o'tar kechasi, tumanning "Obi-hayot" mahallasida yashovchi, maktab o'quvchisi, F.J. uyida hech kim yo'qligidan foydalanib, yotoqxonasidagi shkafning ichidan, 4.500.000 (to'rt million besh yuz ming) so'mlik har xil turdagi taqinchoqlarini o'g'irlab ketganligini bildirgan. 6 aprel kuni voyaga etmagan F.J.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati