20 Iyun 2021 yil
469
O'g'ri, uy eshigi ochiqligidan foydalandi
Termiz tumanida 2021 yil 18 may kuni, tumanning "Uchqizil" mahallasida yashovchi, J.Xoliddin tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 17 may kunidan 18 may kuniga o'tar kechasi, noma'lum shaxslar yashash uyi ochiqligidan foydalanib, uy ichidagi sandig'idan 27.000.000 (yigirma etti million) so'm pulini o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlikni Termiz tumanida yashovchi, M.Sanjar sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. 24 may kuni M.Sanjarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati