12 Iyul 2020 yil 691

O'g'ri o'zi ekan...

Sherobod tumanida 2020 yilning 01 iyul kuni, tumanning "Mehnatobod" mahallasida yashovchi Sh.A. tuman ichki ishlar bo'limiga ariza bilan murojaat qilib, 29 iyunga o'tar kechasi noma'lum shaxs, uyi eshigi ochiqligidan foydalanib kirib xonadagi shkafidan 2.300.000 (ikki million uch yuz ming) so'm pulini o'g'irlab ketganligini bildirgan. Sodir etilgan o'g'rilik jinoyati yuzasidan 4 iyul kuni jinoyat ishi qo'zg'atilib, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan tezkor choralar olib borilgan.
Natijada, mazkur jinoyatni ariza muallifining o'zi sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar olingan va 4 iyul kuni O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "g" bilan qo'zg'atilgan jinoyat ishi bo'yicha ariza muallifi Sh.A.ga nisbatan ayblov e'lon qilingan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech