17 Dekabr 2020 yil
676
O'g'ri ashyoviy dalillar bilan qo'lga olindi
Termiz tumanida 2020 yil 15 dekabr kuni, Termiz shahar "tinchlik" mahallasida yashovchi, R.B. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, 6-dekabr kunidan 7 - dekabr kuniga o'tar kechasi, noma'lum shaxs, yashash uyidan 19 dona shiferi va 1 dona drelni o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan tezkor choralar natijasida ushbu jinoyatni Boysun tumanida yashovchi Z.I. sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalillar olingan. 16 dekabr kuni Z.I.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati