#Ogohlik_davr_talabi Bugun Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali talabalari ishtirokida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishini oldini olish” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda TDTU Termiz filiali profilaktika inspektori M.O.Qamariddinov, TDTUTF Ma`naviyat bo`lim boshli`g`i A.Yuldashev, TDTUTF Psixologi G.G`oziyeva va TDTUTF Pediatriya fakulteti 45 nafar talabalari ishtirok etishdi.
Uchrashuv
davomida yoshlarni giyohvandlik balosidan ogoh etish, turli huquqbuzarliklarning
oldini olish hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari atroflicha
muhokama qilinib yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar
tarqalishini oldini olish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Tadbir davomida
yoshlar orasida narkotik va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi
kurash, giyohvand moddalar xususan, sintetik vositalar, elektron sigaretalarga
berilish holatlari ularning turlari, inson salomatligi uchun zarari va
giyohvand moddalarga berilib qolishning salbiy oqibatlari haqida batafsil
ma’lumotlar berildi.
Tadbir
ishtirokchilari tadbir so`ngida mavzu haqida fikr almashdi. Tadbir oxirida
talabalarni qiziqtirgan savollarga mas`ullar tomonidan javob berildi. Kelgusida
bizning oliygohda jinoyat va huquqbuzarlikka yo`l yo`q shiori ostida yurishlari
ta`kidlab o`tildi.