OGOH BO'LING! Karantin joyidan qochgan shaxs Denov tumanida ushlanib, unga nisbatan jinoiy ish qo'zg'atildi
Surxondaryo viloyati IIB Denov tumani btshyicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan Samarqand viloyatida karantinda bo'lib turib, belgilangan tartib qoidalarga amal qilmay qochgan shaxs ushlandi.
Joriy yilning 16 mart kuni A.A. ismli fuqaro Janubiy Koreya davlatidan Rossiya Federasiyasining Moskva shahriga kelib, so'ngra u erdan 2020 yil 16 mart kuni "Shermetova-Samarqand" yo'nalishida, samaliyotda O'zbekiston Respublikasiga kirib kelgandan so'ng yangi turdagi COVID-19 koronovirus kasalligi bo'yicha Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 14 kunga karantinga olinib, karantinning beshinchi kunida ya'ni, 2020 yil 20 mart kuni soat 22.00 larda Samarqand viloyat tibbiyot xodimlari tomonidan karantinga yotqizilganlar tekshirilganida, fuqaro A.A. epidemiyaga qarshi kurashish qoidalarini, ya'ni O'zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining yangi turdagi COVID-19 koronovirusi bilan kasallanish holatlari aniqlangan mamalakatlardan kelgan fuqarolarni maxsus tayyorlangan tibbiyot muassalarida 14 sutkaga karantinga olinishi ko'rsatilgan qarorining 2 bandini buzib, yashirin ravishda shifoxonadan qochib ketib, yashash manzili Denov tumanida ushlangan.
Gumonlanuvchi A.A.ga ozodlikka bo'lgan xuquqini cheklash bilan bog'liq bo'lmagan boshqa turdagi ehtiyot chorasini qo'llagan taqdirda, u hozirda gumonlanayotgan yangi turdagi COVID-19 koronovirus kasalligiga chalingan bo'lishi mumkinligi, u yana karantinga olingan joydan karantin qoidalarini buzib qochib ketishi va atrofdagilarni jiddiy xavf ostida qoldirishi mumkinligini inobatga olib, unga nisbatan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasini qo'llanildi.
Hozirda ushbu shaxs o'z uyida ushlanib, ehtiyot chorasi sifatida karantinda saqlash uchun izolasiyaga olingan. Shuningdek, fuqaro A.A.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 257(1)-moddasi (sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi.
Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hozirgi vaqtda, mamlakatimizda COVID-19 koronovirus kasalligining keng tarqalishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida karantin e'lon qilingan. Mazkur vaziyatda davlat idoralarining asosiy vazifalaridan biri aholi o'rtasida sarosimaga yo'l qo'ymaslik va qisqa muddat ichida mazkur infektsiyaning tarqalishiga qarshi kurashishdir. Shu bilan birga, aholi tinchligi va jamoat tartibini saqlagan holda jinoyatchilikning oldini olishdan iborat.
Shu o'rinda fuqarolarga eslatib o'tamiz. Epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun qonunda belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish, odamlarning ommaviy kasallanishiga olib kelsa 11 million 150 ming so'mdan 22 million 300 ming so'mgacha miqdorda jarima solish yoki 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha qilmish odamning o'limiga sabab bo'lsa, 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O'sha qilmish odamlarning o'limiga sabab bo'lsa, 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Aziz fuqarolar, dunyo bo'yicha tarqalayotgan COVID-19 koronovirus kasalligining yurtimizga kirib kelishining oldini olish maqsadida, o'z yaqinlarimizning hayotini xavf ostida qoldirmasligingizni sizlardan iltimos qilib qolar edik.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati