2 Avgust 2025 yil 662

Ogoh va shay – tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari tunu kun fuqarolar xotirjamligi yo‘lida xizmatda!

Jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida Surxondaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasining shahar va tumanlardagi Tezkor harakatlanuvchi guruh naryadlari (THG) faoliyati tizimli ravishda takomillashtirilmoqda.

Mazkur guruhlar tunu kun mahallalarda patrullikni amalga oshirib, xizmat hududida yuzaga keladigan favqulodda holatlarga, signalizatsiya tizimlaridan tushgan chaqiriqlarga tezkor javob qaytarish bo‘yicha ish olib bormoqda.

Tezkor naryadlar zamonaviy aloqa vositalari, harakatlanish uchun maxsus xizmat avtomobillari, himoya jihozlari va videokuzatuv tizimlari bilan ta’minlangan. Tezkor harakatlanuvchi guruh naryadlari bilan xizmat oldi yo‘riqnomalar o‘tkazilib, avtotransport vositalarining texnik holati, maxsus jihozlari, xodimlarning himoya vositalari bilan xizmat olib borishlari muntazam o‘rganilib borilmoqda.

Text to speech