12 Aprel 2021 yil 528

O'g'irlikni kasb qilgan ayolga jinoiy ish ochildi

Sherobod tumanida 2021 yilning 28 mart kuni tumanning "Xo'jgi" mahallasida yashovchi, J.N. ismli ayol tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni taxminan soat 12.30 lar chamasida, tumanning "Do'stlik" mahalalsida joylashgan "sher baraka" buyum bozoridagi savdo do'konidan ayollar hamyoni hamda uning ichida bo'lgan 90 (to'qson) AQSh dollari, 32.000 (o'ttiz ikki ming) so'm pullari va plastik kartochkasini noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni Angor tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan, Ch.Z. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. 4 aprel kuni o'g'irlikni kasb qilgan Ch.Z. ismli ayolga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech