13 Avgust 2021 yil
435
O'g'irlik qilib, qidiruvda yurgan shaxs qo'lga olindi
Denov tumanida 2021 yil yanvar oyida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Jinoyat ishlari bo'yicha Jarqo'rg'on tuman sudi tomonidan qidiruvda bo'lgan, ehtiyot chorasi "qamoq" qo'lanilgan, Jarqo'rg'on tumani "nurli hayot" mahallasida yashovchi, B.Rustam 29 iyul kuni tuman IIB Probasiya xodimlari tomonidan tuman hududida yurganligi aniqlanib ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati