18 Mart 2020 yil 930

O'g'irlik ortidan mo'may daromad orttirmoqchi bo'lishdi...

Denov tumanida 2020 yil 14 mart kuni, tumanning "Qiziljar" mahallasida yashovchi N.F. ismli ayol Denov tumani bo'yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, unda 14 martga o'tar kechasi, noma'lum shaxslar hovlisida joylashgan molxonasidan 5.500.000 (besh million besh yuz ming) so'mlik bir bosh xo'kkizini o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan tezkor choralar natijasida, ushbu o'g'irlikni tumanning "sanoatchilik" mahallasida yashovchi X.S. va uning qo'shnisi S.E. hamda shu mahallada vaqtinchalik ro'yxatda turgan, Tojikiston Respublikasi fuqarosi M.S.lar sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ulardan ashyoviy dalil olinib egasiga qaytarilgan.
2020 yilning 16 mart kuni X.S., S.E. va M.S.larga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddsi 2-qismi "v,g" bandlari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech