27 Noyabr 2021 yil
442
O'g'irlik jinoyatini sodir etib, qidiruvda bo'lgan shaxs qo'lga olindi
Jarqo'rg'on tumanida 2020 yil mart oyida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Jinoyat ishlari bo'yicha tuman sudi tomonidan qidiruvda bo'lgan, ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan, Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanida yashovchi, K.Botir (ism sharif o'zgartirilgan) 4 noyabr kuni viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan, Termiz shahar hududida yurganligi aniqlanib ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati