6 Oktyabr 2021 yil
373
O'g'irlik jinoyatini sodir etgan qidiruvdagi shaxs Qiziriq tumanida qo'lga olindi
Qiziriq tumanida 2017 yil noyabr oyida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, tuman IIB Probatsiya xizmati tomonidan qidiruvda bo'lgan, ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan, tumanning "Yangikent" mahallasida yashovchi, I.Sobit 21 sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi va tuman IIB Probatsiya xizmati xodimlari tomonidan tuman hududida yurganligi aniqlanib ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati