20 Mart 2020 yil 810

O'g'irlangan telefon egasiga qaytarildi

Termiz shahrida 2020 yil 17 mart kuni, shaharning "shifokor" mahallasida yashovchi q.Sh. ismli ayol Termiz shahar bo'yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, 2020 yilning 8 mart kuni ish xonasida stol ustida turgan narxi 1.200.000 (bir million ikki yuz ming) so'mlik "Redmi" 6-A rusumli qo'l telefon apparatini noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini bildirgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan tezkor chora - tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Termiz shahrida yashovchi X.Z. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olinib, o'z egasiga qaytarilgan. Mazkur holat yuzasidan 19 mart kuni Termiz shaxar 4-son ichki ishlar bo'limi huzuridagi tergov bo'linmasi tomonidan X.Z. ismli ayolga nisbatan O'zbeksion Respublikasi Jinoyat kodeksinnig 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech