27 Iyul 2021 yil 459

O'g'irlangan o'yin pristavkalari topildi

Sherobod tumanida 2021 yil 14 iyul kuni, tumanning "Ho'jgi" mahallasida yashovchi, xususiy korxona ishchisi, N.Sevdiyor tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 14 iyul kuni tumanning "Bahor" mahallasida joylashgan "kompyuter klubi"dan 2 dona narxi 900 (to'qqiz yuz) AQSh dollari bo'lgan "Playstation 4 Rgo" o'yin pristavkalarini noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlik jinoyatini Qashqadaryo viloyati qarshi shahri "qarshi" mahallasida yashovchi, q.Shahzod sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. 21 iyul kuni q.Shahzodga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech