12 Iyun 2021 yil 533

O'g'irlangan mol va daliliy ashyolar egalariga qaytarildi

Denov tumanida 2021 yilning 17 may kuni, tumanning "Nuriston" mahallasida yashovchi, O'.Bahodir tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 5 may kunidan 6 may kuniga o'tar kechasi, noma'lum shaxslar, molxonasidan 15.000.000 (o'n besh million) so'mlik 1 bosh sigiri va buzog'ini o'g'irlab ketganligini bildirgan. Bundan tashqari, tumanning "Obodon" mahallasida yashovchi, A.Xurshidabonu arizasida, 6 may kunidan 7 may kuniga o'tar kechasi, noma'lum shaxslar, tumanning "Elobod" mahallasida joylashgan oziq-ovqat do'konidan 1.200.000 (bir million ikki yuz ming) so'mlik "Artel" televizori, 1.800.000 (bir million sakkiz yuz ming) so'mlik 1 dona kuzatuv kamerasi va kompyuter xotirasi, 2.120.000 (ikki million bir yuz yigirma ming) so'mlik oziq-ovqat mahsulotlarini va 5.000.000 (besh million) so'm pulini o'g'irlab ketganligini bildirganligi, shuningdek, tumanning "Zarafshon" mahallasida yashovchi, M.Bahodirning molxonasidan 6.000.000 (olti million) so'mlik 1 bosh sigirini noma'lum shaxslar o'g'irlab ketganligi holati bo'yicha ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlikni shu tumanning "sanoatchilik" mahallasida yashovchi, R.Asror, "Elobod" mahallasida yashovchi, K.Kamoliddin va "totuvlik" mahallasida yashovchi, A.Alijonlar sodir etishganligi aniqlanib ushlangan va ulardan ashyoviy dalillar olingan. 18 may kuni R.Asror, K.Kamoliddin, A.Alijonlarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech