24 May 2022 yil 400

Odam savdosiga qarshi kurash natijalari muhokamada

Joriy yilning 20-may kuni Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha Surxondaryo viloyat hududiy komissiya a’zolari hamda RIAM "Istiqbolli avlod" viloyat bo‘limi tomonidan “Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish borasida 2021 yil davomida amalga oshirilgan va 2022 yilda rejalashtirilgan ishlarning muhokamasi”ga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

"O‘zbekistonda huquqni muhofaza qilish idoralari, davlat idoralari va fuqarolik jamiyati institutlarining salohiyatini oshirish orqali odam savdosi bo‘yicha jinoiy javobgarlikni kuchaytirish” loyihasi doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda 2021 yilda hududiy komissiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Shuningdek, RIAM "Istiqbolli avlod" viloyat bo‘limi, viloyat IIB, sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamda Bandlik markazi vakillari tomonidan ham o‘tgan bir yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berildi. Tadbir davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ochiq-oydin tanqid qilindi va 2022 yil davomida hamkorlikda manzilli chora-tadbirlar rejalari tuzilib, komissiya a’zolarining bu boradagi vazifalari belgilab olindi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Text to speech