18 Noyabr 2022 yil 357

OChIQ_MULOQOT: ID-karta – universal pasport: barcha ma’lumotlar bitta kartada

Bugungi kunda ko‘p vazifali ID-kartalar dunyoning aksar mamlakatlarida qo‘llanib kelinmoqda. Xo‘sh, ID-karta o‘zi nima? Hozirgi axborotlashuv asrida bu bizga qanday qulayliklarni taqdim etadi? Bu hujjatni qo‘lga kiritish uchun qanday jarayonlarni bosib o‘tishimiz kerak? Ushbu savollarga Sho‘rchi tumani migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi boshlig‘i, podpolkovning Sanjar Kabilov ishtirokida o‘tkazilgan ochiq muloqotimizda javob olishga harakat qildik.

Respublikamiz aholisining biometrik pasportlari ID-kartaga:

2021 yilning 1 yanvaridan 2022 yilning 31 dekabrigacha ixtiyoriy ravishda;

2023 yilning 1 yanvaridan 2030 yil 31 dekabrgacha majburiy tartibda o‘tkaziladi.

2031 yilning 1 yanvaridan boshlab 2011 yildagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportlari haqiqiy emas deb hisoblanadi.

ID-karta olish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishning ikki usuli mavjud: biometrik pasportingiz bilan qaysi tumanda ro‘yxatda turishingizdan qat’i nazar o‘zingizga qulay, istalgan migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga tashrif buyurish; Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali elektron ariza berish orqali amalga oshiriladi.

Text to speech