21 Yanvar 2022 yil 544

Qochqin Toshkentda ekan

Denov tumani "nurli manzil" mahallasida yashovchi R.M. 2021 yil avgust oyida, O'zR JKning 168-m. 3-q "b" bandida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgandi. Unga nisbatan jinoyat ishlari bo'yicha Denov tuman sudi tomonidan qidiruv e'lon qilingandi.

9 yanvar kuni Toshkent shahrida xizmat safarida bo'lgan TIIB JQB xodimlari R.M.ning Toshkent shahar hududida yurganligini aniqlab, qo'lga olishdi. Endi fuqaro qilgan jinoyatiga yarasha qonun oldida javob beradi.

 Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech