6 Aprel 2024 yil
446
“Obod mahalla – xavfsiz mahalla” mezoni asosida Sho‘rchi tumanidagi mahalla faollari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Sho‘rchi tumani
hokimligiada o‘tkazilgan seminar davomida, mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi
hamda osoyishtaligini, aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash,
fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni
oldini olish, oilaviy nizolarni bartaraf etishda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan
ustuvor vazifalar haqida so‘z yuritildi.
Albatta, oilalarda sog‘lom
va barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhit hamda tinchlik, totuvlik va osoyishtalikni ta’minlashda
mahalla faollari bir yoqadan bosh chiqarib mehnat qilishsa, albatta ijobiy natijaga
erishiladi.