Oq yo‘l senga, bitiruvchi!
Ichki ishlar vazirligi Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchilari uchun hayajon va quvonchga boy bugungi kun ularning hayotida unutilmas sahifalardan biriga aylandi. Boisi, ularni faxr bilan kuzatayotgan ota-onalar, mehribon ustozlar va yurt xizmatida kamarbasta bo‘lishlariga ishonch bildirayotgan mehmonlar ishtirokida bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tantanali tadbirda sohaviy xizmatlar vakillari, faxriylar,
ustoz-murabbiylar hamda bitiruvchilarning ota-onalari ishtirok etdi. Bitiruvchilar
hayotlaridagi muhim bosqich — katta hayot sari ilk qadamini qo‘yishar ekan, har
birining qalbida Vatanga sadoqat, xalq osoyishtaligini taʼminlashdek sharafli burchni
bajarish istagi jo‘sh urmoqda.
Joriy o‘quv yilida Surxondaryo akademik litseyini jami 158 nafar o‘quvchi bitirmoqda. Ulardan 10 nafari imtiyozli diplom, 3 nafari esa kumush medal bilan taqdirlandi.