“Nurli maskan” faoliyati IIV ishchi guruhi tomonidan yaqindan o‘rganildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsiziligi departamenti Huquqbuzarliklar
profilaktikasi xizmati boshlig‘i podpolkovnik Hatamjon Qodirov Angor tumani “Sharq
guli” mahallasi hududida joylashgan “Nurli maskan” imkonyati cheklangan voyaga yetmaganlarning
o‘quv binosiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida o‘quv massasada o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar,
o‘quv mashg‘ulotlari bilan yaqindan tanishish, ularning muammolarini o‘rganish va
bartaraf etish maqsadida, maktab derektori Davron Shanaev va boshqa o‘qituvchi hamda
o‘quvchilar bilan suhbatlashildi.
O‘rganish davomida Tibbiy xonada bir qator kamchilliklar
aniqlanib, ushbu kamchilliklar joyida bartaraf etildi. Hudud profilaktika ispektori
Sh.Avazovga jinoyatchilikni oldini olish bilan bir qatorda “Nurli maskan” faoliyatini
nazorat qilish, ularning muammolarini mahalla yettiligi faollari bilan birga ijobiy
hal etish choralarini ko‘rishi yuzasidan topshiriqlar berildi.